O‘zbekiston | 07:42 / 18.06.2022
10875
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga o‘qishga qabul qilinadi 

Yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova xabar berdi.

Foto: Kun.uz

XTV vakili 2022-2023 o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 1-sinfga qabul ikki bosqichda (mikrohudud va mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul) amalga oshiriladi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlarida elektron shaklda, tumanlarda (shahar) an’anaviy shaklda hujjatlar qabul qilinadi.

Chet el fuqarolarining farzandlari hududiy boshqarmalar orqali belgilangan tartibda umumta’lim maktablariga qabul qilinadi. 

Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari o‘zlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar yuzaga kelgan taqdirda vazirlikning call markaziga 71-203-07-04 raqamlari orqali murojaat etish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid