AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Vashington shahrida 19 iyun kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva AQSh savdo vakili (USTR) o‘rinbosari Kristofer Uilson bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar qildi.
Suhbat avvalida AQSh tomoniga majburiy mehnatga qarshi kurashish, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasidagi ishlar haqida ma’lumot berilgan. USTR vakili O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasidagi yutuqlarini yuqori baholab, Cotton Campaign koalitsiyasining paxta boykoti bekor qilinganiga to‘xtalib o‘tgan.
Bundan tashqari, savdo vakili o‘rinbosari USTR Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo va investitsiyalar bo‘yicha doiraviy bitim (TIFA) doirasida umumiy ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashda O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Bu orqali mintaqa mamlakatlarining global yetkazib berish zanjiriga integratsiyasini chuqurlashtirish uchun asos yaratadi.
«Uilson, shuningdek, faoliyat xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha boshqa TIFA ishchi guruhi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilayotganini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdorligini bildirgan», — deyiladi xabarda.
Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQShga rasmiy tashrifning ilk kunida mamlakat rasmiylari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazgan. Jumladan, Senat raisi AQSh davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashgan.
Mavzuga oid
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
15:55 / 24.10.2024