21 iyun kuni Afğoniston janubi va şarqidagi çekka hududlar, Paktika va Xöst viloyatlari hududida kuçli zilzila röy berdi. Amerikalik seysmologlar ma’lumotiga köra, 51 km çuqurlikda 6,1 magnitudali yer silkinişi erta tongda, hali köpçilik odamlar uyquda ekanida sodir bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda vayron bölgan uylar, köçalardagi siniqlar va zambilga yuklangan yaradorlar aks etgan videolar tarqalgan.
Paktika viloyati rasmiysi qurbonlar soni ortişi mumkinligini aytgan. Bakhtar News Agency ma’lumotiga köra, jarohatlanganlar soni 600dan oşiqni taşkil etmoqda.
Zilzila epimarkazi Afğoniston janubi-şarqidagi Xöst şahri markazidan taxminan 44 kilometr masofada joylaşgan.
Yer silkinişi mamlakat çegarasidan 500 kilometrdan oşiq masofada, jumladan Pokiston va Hindistonda ham sezilgan. Amerika seysmologlari ma’lumotiga köra, zilzila kuçini Afğoniston poytaxti Kobul va Pokiston poytaxti Islomobodda ham sezişgan.
«Afsuski, ötgan tunda Paktika viloyatining tört tumanida kuçli zilzila röy berdi. Yuzlab fuqarolarimiz halok bölişdi yoki yaralanişdi, önlab uylar vayron bölgan. Biz barça idoralarni zudlik bilan mazkur hududlarga yordam jönatişga çaqiramiz», degan mahalliy rasmiylardan biri Bilol Karimiy tvitter sahifasida.

Afğonistonda, ayniqsa uylar zarur qoidalarga rioya etib qurilmagan qişloq hududlarida zilzilalar juda talafotli böladi.
Afğoniston seysmik faol mintaqada joylaşgan.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş böyiça boşqarmasi ma’lumotiga köra, sönggi 10 yilda mamlakatda zilzilalar tufayli 7 mingdan ortiq kişi halok bölgan. Har yili örtaça 560 kişi zilzila qurboni böladi.












