Britaniyaning The Economist jurnali tahliliy bölimi – Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan 23 iyun, payşanba kuni e’lon qilingan yillik reytingga köra, Avstriya poytaxti Vena uçinçi bor dunyoning yaşaş uçun eng qulay şahri deb topildi. Ilgari Vena 2018 va 2019 yillarda uşbu röyxatda birinçi örinni egallagan edi. Venani juda jozibali qiladigan narsa - bu barqaror şaroitlar, yaxşi infratuzilma va soğliqni saqlaş tizimi, şuningdek, köplab madaniy muassasalar va dam oliş imkoniyatlari.
EIU reytingiga köra, eng qulay şaharlar orasida ikkinçi örinda Daniya poytaxti Kopengagen, uçinçi örinda Şveytsariyaning Tsyurix şahri joylaşgan. Yaşaş uçun eng qulay nemis şahri Frankfurt-Mayn bölib, u yettinçi örinda qayd etildi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sababli Kiyev bu yil tadqiqotga kiritilmadi.
Avvalroq, 2021 yil dekabrida Isroilning Tel-Aviv megapolisi sayyoradagi 173 ta şaharda yaşaş narxini taqqoslagan EIU tadqiqoti natijalariga köra dunyodagi eng qimmat şahar deb tan olingan edi. Uşbu reytingda ikkinçi örinni Parij va Singapur bölişdi, uçinçi örin yöq, Şveytsariyaning Tsyurix şahri esa törtinçi örinni egalladi.









