“Huquqiy axborot” kanalida yozilişiça, malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bölgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

  • qaramoğida ikki yoki undan ortiq kişi bölgan xodimlarga;
  • oilasida undan bölak mustaqil iş haqi oluvçi bölmagan şaxslarga;
  • mazkur korxonada köp yillik iş stajiga ega bölgan xodimlarga;
  • işlab çiqarişdan ajralmagan holda oliy va örta maxsus, kasb-hunar öquv yurtlarida tegişli mutaxassislik böyiça malakasini oşirayotgan xodimlarga va işlab çiqarişdan ajralgan holda oliy va örta maxsus, kasb-hunar öquv yurtlarini tamomlagan şaxslarga öqişni tugatgandan söng mutaxassisligi böyiça işlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
  • mazkur korxonada mehnatda mayib bölib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan şaxslarga;
  • uruş nogironlari, uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan şaxslarga;
  • atom obektlaridagi falokatlar oqibatida kelib çiqqan oşirilgan radiatsiya nurlanişi bilan boğliq nurlaniş kasalligi va boşqa kasalliklarga yöliqqan yoki şunday kasalliklarni boşidan keçirgan şaxslarga.