Xususan, 15–17 iyun kunlari Oliy Majlis Senati raisi – Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Qöşma Ştatlariga taşrif buyurib köplab uçraşuvlar ötkazdi.
Dastlab Senat raisi AQŞ davlat kotibining fuqarolar xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari masalalari böyiça örinbosari Uzra Zeya bilan uçraşdi. Suhbatda tomonlar mamlakatda majburiy mehnatga barham beriş, odam savdosining oldini oliş va unga çek qöyiş, ayollar va gender tenglik, OAV faoliyati masalalarini muhokama qilgan.
Şuningdek, AQŞ rasmiysi Davlat departamentining odam savdosi töğrisidagi ma’ruzasida Özbekistonning örni “nazorat ostidagi röyxat”dan ikkinçi darajaga (TIER-2) kötarilgani bilan qutlab, uşbu harakatlar davom ettirilişiga umid bildirdi.
Tanzila Norboyeva, şuningdek, AQŞ Kongressidagi Özbekiston böyiça kokus rahbarlari – kongressmenlar demokrat Visente Gonsales va respublikaçi Trent Kelli bilan uçraşuv ötkazdi.

Kongressmenlar AQŞ Kongressining Özbekiston mustaqilligi va suverenitetini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan maxsus rezolyutsiyasi hammualliflari bölişga çaqirişni davom ettirişini ta’kidladi.
“Hozirgi vaqtda bizda 21 ta ovoz bor va uşbu hujjat AQŞ Kongressi tomonidan ma’qullanişi uçun bizni yana tört nafar kongressmen qöllab-quvvatlaşi kerak. Rezolyutsiya mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi munosabati bilan qabul qilinişi uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni işga solişga tayyormiz”, degan Trent Kelli.
Amerikalik qonun çiqaruvçi AQŞ Kongressi Özbekistonga nisbatan “Jyekson-Venik” tuzatişini qöllaşni tugatiş haqidagi qonun loyihasini qabul qilişga sodiq ekaniga ham işontirdi. Bu juda muhim, çunki bu ikki mamlakat örtasida savdo sohasida kamsitmaydigan normal munosabatlar örnatilişiga yordam beradi.
Taşrif çoğida özbek delegatsiyasi Kongress kutubxonasiga “Özbekiston madaniy merosi dunyo töplamlarida” loyihasidan kitoblar töplamini topşirdi.

- Avvalroq, Kun.uz'ga












