Foto: AFP

Dunyo 1970-yillardan buyon kuzatilayotgan eng yirik energetik inqirozni boşdan keçirayotgan bir vaqtda Yevropa davlatlari gazdan foydalanişni kamaytiriş böyiça keçiktirib bölmas qarorlar qabul qilişni boşladi. Kimdir öz ixtiyori bilan, kimdir majburlikdan. Yevropa kömirdan işlovçi elektr stansiyalarini qayta oçmoqda, yadro energetikasini rivojlantiriş ustida jiddiy boş qotirilmoqda.

Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berişni şundoğam asta-sekin kamaytirayotgandi, ammo uşbu haftada oxirgi 10 yillikdagi eng yomon körsatkiç qayd etilib, Rossiyadan Yevropaga kuniga 100 million kub metr gaz ötgan. Taqqoslaş uçun, bir oy avval «Gazprom» Yevropaga kuniga 250 million kub metr, 3 yil avval esa 500 million kub metr gaz sotgan.

Rossiya bu galgi yetkazib beriş hajmi kamayişini Turkiya orqali ötadigan ötkazgiçda nosozlik yuz bergani bilan izohladi. Bu nosozlik bir haftada tuzatilişi aytilgan, ammo iyulda Germaniyaga boradigan asosiy ötkazgiç – «Şimoliy oqim»da ham ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi. «Gazprom» Ukraina orqali ötadigan uçinçi yönalişda ham gaz yetkazib berişni oşirmoqçi emas.

«Rossiya oxirgi vaqtlarda özini qanday tutayotgani inobatga olinsa, ular yaqin kelajakda ham turli sabablar bilan Yevropaga gaz yetkazib berişni kamaytirişi, hatto butkul töxtatib qöyişi ham mumkin», degan Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol.

Rossiya öz gazidan Yevropaga bosim ötkaziş uçun foydalanişi haqida birinçilardan bölib aynan Birol gapirgan, mutaxassis bu haqda Rossiya Ukrainaga bostirib kirişidan ham oldinroq aytgandi. Uning fikriça, endi Yevropa böyniga tiralgan gaz muammosi bilan yaşaşga tayyorlanişi kerak. Bunday holatda zaxiralarni qişgaça töldiriş imkonsiz. Şu sabab zaxira variantlari kerak. Xususan, kömir va atom stansiyalaridan olinadigan energiyani oşiriş masalasi. Hatto qayta tiklanuvçi energiya masalasida faol bölgan Yevrokomissiyadagi eng «yaşil» mansabdorlar ham bunga rozi.

«Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi Yevropa Ittifoqida favqulodda holatni keltirib çiqardi. Dunyo Putin administratsiyasi «Gazprom»ning yetkazib beriş hajmini özboşimçalik bilan qisqartirişiga qarşi çoralar körişi kerak. Ammo bu çoralarning barçasi vaqtinça», dedi Iqlim özgarişlari böyiça tarixiy Parij kelişuvi imzolanganda Yevrokomissiya delegatsiyasini boşqargan Elina Bardram bu haqda.