26 iyun kuni OAV xodimlari va blogerlar örtasidagi «Zakovat» turnirida uçinçi örin uçun va final öyinlari ötkazildi. 

Bu bosqiç öyinlarida bir tur 10 ta savoldan iborat bölib, maksimum uç tur davom etişi mumkin edi. Har ikki öyinda ham uç turdan öynaldi.

Dastlab Creative team «Fiyesta»ga qarşi bellaşdi. Bu bahsning birinçi turida «Fiyesta» 4:2 hisobida ustun kelgandi, lekin keyingi ikki turda 1:4 va 0:4 hisoblarida mağlubiyatga uçradi va uçinçi örin Creative team jamoasiga nasib etdi.

Turnir ğolibligi uçun esa ikki yulduzli jamoa Energy va «Million ilinjida» murosasiz bahs olib bordi. Bu bahsning barça turlari şiddatli keçdi, birinçi turni Nurbek Alimov boşçiligidagi «Million ilinjida» öz foydasiga hal qilayotgandi, jamoa 3:1 hisobida oldinga ötib olgandi, ammo Energy yetakçilaridan biri Muhrim A’zamxöjayev uçta savol javobini topdi va bu turda jamoasi ğolibligini ta’minladi.

Keyingi turda esa «Million ilinjida» 4:2 hisobida ustun keldi.

Hal qiluvçi tur esa dramatik köriniş oldi. Olti savol öynalganidan keyin Energy 3:0 hisobida oldinga çiqib oldi, bu vaziyatda qolgan tört turda «Million ilinjida» tört oçko olişi talab etilardi. Jamoa bunga juda yaqin keldi, jamoa yetakçisi Nurbek Alimov qatorasiga uç savolni topdi, ammo sönggi savol javobi Energy jamoasi vakilidan yangradi - 3:4.