Finalda 4 ta yönalişning (havaskor ayol, havaskor erkak, professional ayol va professional erkak) har biri böyiça ğoliblar:

  • 1-örin 50 million söm;
  • 2-örin 30 million söm;
  • 3-örin 20 million söm;
  • Respublika bosqiçiga çiqqan har bir iştirokçi esa 10 million sömdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev turnirning final bosqiçida 1-örinni qölga kiritib, 50 million sömdan pul mukofoti bilan taqdirlangan yoşlar röyxatini e’lon qildi.

  • Javohir Bozorov — Toşkent şahri, Yangihayot tumani Olçazor mahallasidan. U havaskor erkak yönalişida 1-örinni qölga kiritdi.
  • Madina Töxtayeva — Buxoro viloyati, Buxoro tumani Navröz mahallasidan. U havaskor ayol yönalişida 1-örinni qölga kiritdi.
  • Bobur Sattorov — Surxondaryo viloyati, Denov tumani Guliston mahallasidan. U professional erkak yönalişida 1-örinni qölga kiritdi.
  • Maftuna Bobomurodova — Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani Al Farobiy mahallasidan. U professional ayol yönalişida 1-örinni qölga kiritdi.

Ma’lumot uçun, mazkur turnir ilk marta mahalla, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqiçlarida ötkazilgan. Unda 327 878 nafar inson röyxatdan ötib, har bir mahallalardan saralanib çiqqan. Yoşlar işlari agentligi mazkur turnir orqali respublikaning barça mahallalaridagi şaxmatçilarni qamrab olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda köriş mumkinki, turnirning final bosqiçida iştirok etiş uçun borgan imkoniyati çeklangan şaxmatçi yigit öz taassurotlari bilan bölişgan.         

Yoşlar işlari agentligi matbuot hizmati Ⓣ