Ispaniya dastlab Toşkentda doimiy diplomatik missiyasi ta’sis etib, keyinroq elçixona oçişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov ma’lum qildi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berişiça, keça, 27 iyun kuni Vladimir Norov va Ispaniya Qirolligining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Moskva şahrida) etib tayinlangan Markos Gomes Martinesni qabul qildi.
Uçraşuvda tomonlar Özbekiston-Ispaniya siyosiy muloqotni faollaştirişi, turli darajadagi taşriflar taşkil etiş, xalqaro institutlar doirasida özaro hamkorlikni kuçaytiriş, Afğoniston masalasi böyiça maslahatlaşuvlarni davom ettiriş masalalarini muhokama qilgan.
Markos Gomes Ispaniya Özbekistonni mintaqadagi asosiy davlat deb bilişini va respublikada amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaşini ta’kidlagan. Şuningdek, Özbekistonda Ispaniya universitetlarining filiallari va kasb-hunarga öqitiş markazlarini oçiş, ispaniyalik mutaxassislar va öqituvçilarni Özbekistonga jalb etiş masalalari muhokama qilingan.
27 iyun kuni, şuningdek Prezidentning Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev ham Ispaniya elçisi bilan uçraşib, Afğonistondagi vaziyat va bu mamlakatga yordam körsatiş masalalarini muhokama qildi.












