Qömita ma’lumotlariga köra, 2022 yilning yanvar-may oylarida  Özbekiston importida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilmoqda – 2,7 mlrd dollar.

Keyingi örinlardan mos ravişda 2,3 mlrd dollar va 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozoğiston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega: 

  • Koreya – 1,1 mlrd;
  • Turkiya – 698,5 mln;
  • Germaniya – 465 mln;
  • Turkmaniston – 260 mln;
  • Hindiston – 249 mln;
  • AQŞ – 192 mln;
  • Braziliya – 170 mln AQŞ dollari.

Bundan oldin Özbekiston mahsulotlari köproq qaysi xorijiy davlatlarga sotilayotgani ma’lum bölgandi.

2022 yilning yanvar-may oylarida Özbekiston eksportida yuqori uluşga ega bölgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilmoqda – 1,05 mlrd dollar.