Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida qarindoşlar örtasidagi nikohdan tuğma nuqsonli çaqaloq dunyoga kelgani aytilgan videolavha tarqaldi. Jizzax viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi uşbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanişiça, 2022 yil 4 iyun kuni soat 04:00 larda 1994 yilda tuğilgan fuqaro X.T. Döstlik tumani markaziy şifoxonasining tuğuruq bölimiga murojaat qilgan. Unga “Homiladorlik 2. Tuğuruq 2. 35 hafta 4 kun. Homilaning çanoği bilan kelişi” taşxisi qöyilgan.

Şu kuni soat 06:10 da “Köp nuqsonli çaqaloq. Tuğma ixtioz oğir darajasi” taşxisi bilan oğirligi 2800 gramm, böyi 47 santimetr bölgan, muddatiga yetgan öğil jinsli nogiron çaqaloq dunyoga kelgan. Körsatilgan reanimatsion tibbiy muolajalarga qaramasdan hayotga zid qöşma asoratlar bilan tuğilgan gödak şu kuni 08:20 da vafot etgan.

Ma’lum bölişiça, mazkur tuğilgan köp nuqsonli çaqaloqning ota-onasi aka-singilning farzandlari bölgan. Uşbu oila ikkala tomonning ham ikkinçi turmuşi hisoblanadi. Ularning avvalgi turmuşlaridan bir nafardan soğlom farzandlari bor. Ayolning mazkur homiladorlik davri normal keçgan.

«Ma’lumki, tibbiyotda aksariyat hollarda yaqin qarindoşlar nikohi tufayli bolalar turli irsiy nuqsonlar bilan dunyoga kelişi isbotlangan. Xususan, bunday oilalar tufayli tuğilajak bolada tuğma aqliy zaiflik, xromosoma kasalliklari, daun sindromi, aqliy va jismoniy ösişdagi jiddiy oqsoqlik kabi xavfli xastaliklar kelib çiqişi mumkin. Şu bois oila qurişga şaylanayotgan yoşlardan, eng avvalo, tibbiy körikdan ötib, söngra yangi hayotga qadam qöyişlarini, yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohdan saqlanişlarini söraymiz», deyiladi ma’lumotda.

Avvalroq, Samarqandda ona tuğuruqdan bir neça soat ötib vafot etgan holat yuzasidan şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingandi.