Foto: KIRILL KUKHMAR/TASS

Tuzatiş endi Rossiyada 18 yoşdan armiya safida şartnoma asosida xizmat qiliş imkonini beradi. Ya’ni öğil bolalar örta maktabni bitiriboq avvaliga armiyaga şartnoma asosida qabul qilinişi, köp ötmay hatto uruş maydonlariga yuborilişi mumkin.

Taqqoslaş uçun, hozir buning uçun avval texnikumni bitiriş kerak, u yerdan esa 1-2 yil içida biror kasbni egallab çiqişadi. May oyida armiya safiga şartnoma asosida qabul qiliş böyiça yoş çegarasi yuqoridan ham bekor qilingandi. Ya’ni katta yoşli rossiyaliklarga ham armiya safiga şartnoma asosida qabul qiliniş imkoni berilgandi.

«Harbiy xizmatdagi jangovar majburiyatlar» töğrisidagi federal qonunning 34-moddasiga kiritilajak özgariş Davlat dumasi tasdiğidan keyin kuçga kiradi.

Rossiya armiyasida 18 yoşdan 40 yoşgaça bölgan erkaklar şartnoma asosida xizmat qilişi mumkinligi belgilangandi. Xorijiy fuqarolar esa 30 yoşdan boşlab. Rossiya prezidenti oldinroq imzolagan qonunga köra, endi 50 yoşgaça bölgan erkaklar ham şartnoma asosida xizmat qilişi mumkin.

Yangi tartib esa armiya safiga qöşiliş böyiça mutaxassislikka oid qöyilgan talablarni bekor qiladi. Hozirda Rossiya armiyasiga, şuningdek, FVV hamda Taşqi razvedka xizmatiga örta maxsus bilim yurtlarini tamomlaganlar qabul qilinadi. FSBga esa oliygoh bitiruvçilarigina işga olinadi. Yangi tartib uruş holatidagi Rossiyada uşbu holatlar böyiça talablarni yengillaştiradi.

Rossiya armiyasi uruşda qança askar yöqotgani haqida ma’lumot bermay qöygan. Rossiya qurbonlar haqida oxirgi marta mart oyida xabar bergan va öşanda 1351 nafar harbiy halok bölgani aytilgandi. Undan keyin uç oy ötdi va tinimsiz qurbon berilayotgani sabab Rossiya armiyasiga qöşimça kuçlar kerak bölmoqda. BBC oçiq ma’lumotlarning özi orqali 4 mingdan ortiq rus harbiysi halok bölganini aniqlagan, Ukraina tomoni Rossiyaning qurbonlari 32 mingdan ortiq ekanini aytadi.

Armiyani töldiriş uçun yangi manba

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, çaqiruv olgan maktab bitiruvçilari içidan 5 foizigina qabul qilinadi. Qolganlar esa tartib böyiça «otsroçka» oladi. Yangi qonun loyihasi ularni şartnoma asosida işga qabul qiliş imkonini beradi.

Qonun loyihasining birinçi öqilişida ta’lim böyiça talablar kamaytirilgani haqida heç qanday gap yöq edi. Bunday bandni Davlat dumasining Mudofaa qömitasi raisi Andrey Kartapolov kiritgan. Tuzatiş «Rossiya armiyasini kadrlar bilan ta’minlaş bazasini kengaytiriş»ga yönaltirilgan. Tuzatiş bilan Rossiyadagi 11-sinf bitiruvçilari heç qaçon armiyada xizmat qilmagan holda Rossiya qurolli kuçlari safiga şartnoma asosida qabul qiliniş imkoniga ega böladi.