NATO umumiy xavfsizlik makonida Ukraina uçun joy topişi kerak, aks holda Şimoliy Atlantika alyansini Rossiya bilan qarama-qarşilik kutadi. Bu haqda Madriddagi NATO sammitida videoaloqa orqali iştirok etgan ukrainlar prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib ötdi.
«Yoki Ukrainaga ğalaba uçun yetarli darajadagi şoşilinç yordam, yoki siz va Rossiya örtasidagi keçiktirilgan uruş», — degan prezident («Ukrainskaya pravda»dan iqtibos).
Uning sözlariga köra, Ukraina mağlub bölgan taqdirda, RF bu bilan töxtamaydi va Şarqiy Yevropa davlatlariga tahdid soladi.
«Rossiyaning maqsadlari ma’lum. Bu sir emas. Rossiya rahbariyati dunyoni boşqaça köz bilan köradi. Siz kabi emas. Ular, masalan, Litvaga – sizning alyansingiz a’zosi sifatida emas, sovetlar ittifoqi respublikasi deb qaraydi <...> Masala – uning uçun keyingisi kim? Moldovami? Boltiqböyi davlatlarimi? Polşami? Javob – ularning barçasi», — degan Zelenskiy.
Zelenskiy NATOning «oçiq eşiklar» siyosati qanday keçayotganini tanqid qilgan hamda alyans va Rossiya örtasidagi «kulrang zona»dan xalos böliş zarurligini qayd etgan.
«NATOning oçiq eşiklar siyosati eski Kiyev metrosining turniketlarini eslatmasligi kerak: ular oçiq, lekin siz yaqinlaşsangiz, ular toki tölov qilmaguningizça yopiladi. Ukraina hali yetarliça tölov qilmadimi? Yevropa va butun sivilizatsiyani himoya qilişga qöşgan hissamiz hali ham yetarli emasmi? Xöş, yana nima kerak?» — degan u.
Ukrainlar yetakçisi öz mamlakatini imkon qadar köproq, jumladan qurol yetkazib beriş va RFga qarşi sanksiyalar kiritiş orqali qöllab-quvvatlaşga çaqirgan.
U uruş çözilmasligi uçun Ukrainaga köproq, jumladan zamonaviy artilleriya hamda mudofaani taşkil etiş uçun oyiga 5 mlrd dollar kerakligini ta’kidlagan.













