Filippin hukumati tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindori Mariya Ressa asosçilaridan biri bölgan Rappler axborot portalini yopişni buyurdi. Ressa va saytning boş yuridik xodimi Frensis Lim 29 iyun, çorşanba kuni bölib ötgan onlayn matbuot anjumanida şikoyat qilişlarini aytişdi. Ularning sözlariga köra, naşr xodimlari uni yopiş böyiça har qanday urinişlarga tayyor bölgan va barça huquqiy himoya vositalari tugamagunça işlaşda davom etadi.
Avvalroq Filippin Qimmatli qoğozlar va birja komissiyasi (SEC) bir kun avval Rappler’ni tijorat reyestridan olib taşlaşga qaror qilganini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlaşiça, naşr çet elliklarga Filippin ommaviy axborot vositalariga egalik qilişni taqiqlovçi qoidani buzgan. Hukumat tanqidçilari bu qaror siyosiy sabablarga köra bölganini da’vo qilmoqda.
2012 yilda Mariya Ressa tomonidan asos solingan Rappler yangiliklar sayti dezinformatsiyaga qarşi kuraş va Filippin prezidenti Rodrigo Duterte tomonidan inson huquqlari buzilişi, jumladan, 2016 yildan beri 7000 dan ortiq kişining hayotiga zomin bölgan «giyohvandlikka qarşi uruş»ni hujjatlaştirişga e’tibor qaratgan.
U mamlakatdagi eng ommabop naşrlardan biriga aylandi va Maniladagi hukumat Ressa va Rappler’ni soliq tölaşdan böyin tovlaş hamda kiberjinoyatçilikda ayblab, uni bir neça bor yopişga urindi. 2020 yilda jurnalist kiberjinoyat töğrisidagi qonunga köra, internet orqali tuhmat qilganlikda ayblanib sudlandi. Bu qonundan, tanqidçilar fikriça, rasmiylar norozilikni böğiş vositasi sifatida foydalanmoqda. 2021 yilda Mariya Ressa rossiyalik jurnalist va «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov bilan birga «söz erkinligini himoya qilişdagi harakatlari» uçun Nobel mukofotiga sazovor böldi.












