Özbekistondagi tijorat banklarida xorijdan yuborilgan pullarni naqd dollar körinişida olişda jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Bu holat respublikaning deyarli barça viloyatlarida kuzatilmoqda.
“Samarqand viloyatidanman. Xotinimning nomiga 500 dollar pul jönatgandim. Samarqand şahridagi bankka borsa, 1120-navbatga yozişibdi. Kuni bilan kutib ötiribdi, ammo keçga borib dollar yöq, faqatgina söm bera olamiz deb qaytarişibdi. Ertasiga yana boşqa bankka borgan, ammo tuşga yaqin bu bank xodimlari söm ham, dollar ham qolmadi deb, pul olişga kelgan barçani qaytarib yuboribdi. Qisqasi, 1 hafta deganda oilamdagilar katta qiyinçiliklar bilan yuborgan pulimni olişdi”, deydi Rossiyada işlayotgan mehnat muhojirlaridan biri.
“Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida banklar dollar berişmayapti. Odamlar boşqa viloyat, Namanganga borib pul olişyapti. U yerda ham uzundan uzun navbatlar bor, odamlar issiqda azoblanmoqda. Qiynalib topgan pulingni özing xohlagan körinişda ololmasang-a! Bir bankda navbat yetmaydi, birida pul tugagan, yana biri dollar bermas ekan”, deya e’tiroz bildirdi boşqa bir mehnat migranti.
Bu kabi holatlar oxirgi oylarda deyarli barça viloyatlarda kuzatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Andijon, Farğona va Sirdaryo viloyatlaridagi banklar dollar ham, söm ham qolmaganini iddao qilib, xorijdan yuborilgan pullarni olişga kelgan fuqarolarni qaytarib yuborişgan.
Kun.uz muxbiri suhbatlaşgan bank xodimining ma’lum qilişiça, oxirgi 3 haftadan beri jiddiy dollar taqçilligi kuzatilyapti.
“Elektron navbat qilib, Rossiyadan yuborilgan pullarni imkoni boriça asosan söm körinişida, bölmasa dollarda beryapmiz. Ammo valuta bilan jiddiy muammolar kuzatilyapti”, deydi u.
Nega banklarda dollar defitsiti paydo böldi?
Iqtisodçi Otabek Bakirov naqd dollar yetişmovçiligini qöşni davlatlar mehnat migrantlarining ham özbek banklaridan naqd valuta pul yeçib olişi köpaygani bilan izohlagan.
“Özbek banklarida pul ötkazmalarini naqd dollarda oliş masalasi murakkabligiça qolmoqda. Gap şundaki, qöşni davlatlar mehnat migrantlarining Özbekistonga pul jönatib, naqd yeçib olişlari köpayganidan birinçi navbatda özimizning qoraközlar – vatandoş migrantlarimiz jabr körişmoqda. Çunki spekulyantlar va köplaşib katta pul yuboradiganlardan farqli ölaroq, özbekistonliklar öz oilasiga köpi bilan 500-1000 dollargaça pul yuboradi. Ayrim bank nuqtalarida qöşni mamlakatlar yoki spekulyantlar 5 ming dollar yo 10 ming dollar pul yeçib olişi bilan bizning özbekistonliklarga, ya’ni kamroq pul ötkazmalari jönatayotganlarga navbat yetmay qolişi oddiy holga aylanib qoldi.












