Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 29 iyun kuni soat 14:38 larda 4R-87 avtomobil yölining Kökdala tumani, “Beglamiş” MFY hududidan ötgan qismida harakatlanib borayotgan qora rangli Lada Kalina maşinasida yonğin sodir bölgan.
Şundan söng ötkinçilar Kökdala tuman FVBga yonğin haqida xabar berişgan. Xabarga köra, yonğin-qutqaruv xizmatidan 1 ta bölinma voqea joyiga yetib borib, soat 15:05 larda yonğin öçirilgan.
Yonğin oqibatida, Mirişkor tumani, “Jyeynov” MFYda yaşovçi Ş.U. boşqaruvida bölgan Lada Kalina maşinasi töliq yonib ketgan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan, halok bölmagan.
Dastlabki suriştiruvda ma’lum bölişiça, maşina harakatlanayotganda elektr simlari qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölgan.


Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berişiça, maşinada birlamçi yonğin öçiriş vositasi (ognetuşitel) bölmagani uçun haydovçi olovni dastlabki holatida öçira olmagan.
Avvalroq, Qaşqadaryoda ikkita Lacetti özaro töqnaşişi oqibatida ulardan biri yonib ketgandi.
Viloyat FVB axborot xizmatining xabar (https://t.me/qarshifvb/3836?single) berişiça, 2022 yil 29 iyun kuni soat 14:38da Kökdala tumani Beglamiş mahallasi hududidan ötuvçi 4P-87 avtomobil yölida Lada maşinasi yonayotgani töğrisida tuman FVBga xabar berilgan.
Xabarga köra, yonğin-qutqaruv xizmatidan 1 ta bölinma voqea joyiga yetib borib, soat 15.05 larda yonğin töliq bartaraf etgan.
Dastlabki suriştiruvda maʼlum bölişiça, maşina harakatlanayotganda tösatdan yonğin çiqqan. Maşinada birlamçi yonğin öçiriş vositasi (ognetuşitel) bölmagani uçun haydovçi yonğinni dastlabki holatida öçirolmagan.
Yonğin oqibatida maşina töliq yonib ketgan. Hodisada heç kim tan jarohati olmagan, halok bölmagan.








