Tojikiston poytaxti Duşanbeda ötgan bahsda Uluğbek Baqoyev murabbiyligidagi Jizzax jamoasi işonçli ğalabaga erişdi.
Uçraşuvning 20-daqiqasida Şoxruz Norxonovning uzatmasidan keyin Jasur Hasanov hisobni oçdi – 1:0
48-daqiqada Javohir Qahramonov Xalilovning uzatmasini golga aylantirdi – 2:0.
60-daqiqada esa Jasur Hasanov yana katta sahnaga çiqdi. 38 yoşli futbolçi ajoyib zarbasi bilan hisobni yiriklaştirdi – 3:0. Bu uning turnirdagi 3-öyinda kiritgan 3-goli böldi. U şuningdek, 3ta assist amalga oşirgan.
Köp ötmay, turkmanistonliklar farqni biroz qisqartirişga muvaffaq bölişdi – 3:1.
Şu tariqa, Duşanbeda ötgan guruh bosqiçidagi uçinçi öyinni ham Jizzax klubi ğalaba bilan yakunlab, 3 öyinda 9 oçko jamğargan holda guruh peşqadamligini qölga kiritdi. «Söğdiyona» kuzda turnirning mintaqaviy yarimfinal bosqiçiga yöllanma oldi.
OFK kubogi. 3-tur. 30 iyun
«Söğdiyona» - «Oltin asr» (Turkmaniston) – 3:1
Duşanbe. «Markaziy» stadion.
Hakam: Ali Hasan Ibrohim (Bahrayn)
Gollar: Jasur Hasanov 20, 60, Javohir Qahramonov 48 – Nurmurat Roziyev 65.
«Söğdiyona»: 27. Milan Mitroviç, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Şoyqulov, 7. Şahboz Jörabekov (16. Artyom Filiposyan, 60), 10. Şoxruz Norxonov (8. Marat Bikmayev, 62), 11. Jasur Hasanov (3.Dian Talxatov, 81), 19. Javohir Qahramonov (33.Doniyor Abdumannopov, 62), 21. Abdujalil Manazarov (12.Xislat Xalilov, 46), 31.Luka Çermel, 77. Daniyel Nasriddinov, 93. Marko Kolakoviç.
«Oltin asr»: 1. Mammet Orazmuhammedov, 2. Zafar Babajanov, 5. Guyçmirat Annaguliyev, 8. Ahmet Atayev, 10. Rahmat Miradberdiyev, 11. Murat Yaxşiyev, 17. Mirat Annayev (29. Nurmirat Roziyev, 58) 18.Furkat Tursunov (12. Ixlas Toyjanov, 58), 20. Begmirat Bayov (3.Selim Atayev, 58), 22. Rovşengeldi Xolmammedov, 27. Velimrat Ballakov ( 14. Ahmad Nurmetov, 79).









