Joriy yilning birinçi yarim yilligida dunyoning eng badavlat 500 biznesmeni 1,4 trln dollar yöqotdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Ma’lum qilinişiça, Facebook asosçisi Mark Tsukerberg 65,5 mlrd dollar yöqotgan, bu uning boyligining yarmiga teng. Tesla va Space X asosçisi Ilon Maskning boyligi 62 mlrd, Amazon rahbari Jyeff Bezosning boyligi 63 mlrd dollarga kamaygan. 

Louis Vuitton Moët Hennessy boş direktori Bernar Arno 49 mlrd, Google hammuassislari Larri Peyj va Sergey Brin mos ravişda 29 va 28 mlrd, Microsoft asosçisi Bill Geyts 23,4 mlrd, Inditex asosçisi Amansio Ortega 20,5 mlrd dollar yöqotgan. 

Agentlikning qayd etişiça, avvalgi ikki yil davomida eng badavlat biznesmenlarning boyligi faqat köpaygan.

Bloomberg Billionaires Index reytingiga köra, Mask hamon eng köp boylikka ega bölib turibdi — 208,5 mlrd dollar, Bezos 129,6 mlrd dollar bilan ikkinçi örinda. Arno uçinçi (128,7 mlrd dollar), Geyts törtinçi örinda (114,8 mlrd dollar) joylaşgan.

May oxirlarida Bloomberg Maskning boyligini 224 mlrd, Bezosning boyligini 139 mlrd va Geytsning boyligini 123 mlrd dollar deb baholagandi.