Markaziy bank xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan 6 iyulda amalda böladigan qiymatini belgiladi.
Unga köra, dollarning rasmiy kursi 23,45 sömga kötarilib, 10 860,14 sömni taşkil qildi. Yevro 132,98 sömga pastlab, 11 182,69 söm böldi. Rubl 10,70 sömga tuşib, 185,88 söm böldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun tuşib, 10 836,69 sömni taşkil qilgandi.

Ma’lumot uçun, Ukrainadagi uruş boşlangan kunlarda Özbekistonda rubl kursi 140 söm atrofida edi, keyingi haftalarda kurs 80 sömdan ham pastga tuşib ketgan (3 mart kuni 100 sömdan pastga tuşgan, 9 mart kuni 79,89 sömni taşkil etgan), ammo mart oyining ikkinçi yarmida kurs mustahkamlana boşlagan (17 mart kuni 100 sömdan oşgan). Şundan keyin rubl kursida qulaş kuzatilmagan, aprel oyi boşiga kelib kurs uruşdan oldingi holatiga qaytgan, oy oxirida 150 sömdan, may oyi boşida 160 sömdan ham oşgandi. May oyi oxirida qariyb 200 sömga yaqinlaşgan kurs, keyingi hafta mobaynida yana ortga qaytadi, lekin 23 iyunda kurs 200 sömlik nuqtadan ham ötadi va 30 iyun kuni özining yuqori nuqtasiga çiqadi (212,43 söm). Iyul oyidan esa rubl kursi tuşmoqda.







