Toşkent viloyati IIBB tomonidan ötkazilgan «Zarbdor» tezkor-profilaktik tadbiri davomi öta oğir turdagi jinoyat sodir etgani uçun qariyb 20 yildan buyon qidiruvda bölgan ayol uşlangan.

Qayd etilişiça, 11 iyun kuni viloyat içki işlar boş boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Qozoğiston Respublikasi politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida ayol Şimkent şahri hududida qölga olingan va Özbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Ma’lum bölişiça, 1962 yilda tuğilgan F.U. Qibray tumanida yaşagan va Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçi tariqasida jalb qilingan. Ammo ötgan davr mobaynida tergov organlaridan yaşirinib yurgan.