“Milliy merosga mening hissam!” aksiyasiga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti birinçilardan bölib start berdi
|00:00 / 08.07.202216 6958 min
Foto: Milliy rassomlik va dizayn institutiFoto: Milliy rassomlik va dizayn instituti
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, Möynoqni kompleks rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, hududdagi bugungi özgarişlar, aholining turmuş tarzi va kayfiyatini rangtasvir asarlari orqali talqin qiliş maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati tomonidan institutning 17 nafar ijodkor talabalari ustozlar hamrohligida Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumaniga ijodiy safarga yuborildi.
Safar davomida talaba-yoşlar Möynoq tumanining bugungi kuni, tabiati, insonlari, Orol fojiasi va asoratlari, tumanda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari aks etgan 100 dan ortiq rangtasvir va grafika asarlari yaratişdi.
Joriy yilning 1 iyul kuni Toşkent fotosuratlar uyida talaba-yoşlarning Möynoq safari davomida yaratilgan ijodiy asarlari hamda jarayon fotolarini özida aks ettirgan “Möynoq rassomlar nigohida: keça va bugun” deb nomlangan körgazmaning oçiliş marosimi hamda mazkur ijodiy safarga bağişlangan ijodiy katalogning taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirni institut rektori Abbosjon Mirzorahimov oçib berib, tadbir iştirokçilariga şunday dedi: “Yurtboşimiz Yoşlar kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda sözlagan nutqlarida “Bağrikeng, tanti, qiyinçiliklarni mardonavor yengib ötayotgan qoraqalpoq xalqini e’zozlaşini» ta’kidladilar. Şuningdek, “Mehr va ğurur bilan aytaman, men nafaqat Özbekiston, Qoraqalpoğistonning ham farzandiman”, deb ta’kidlaganlar. Biz ham institut rahbariyati va professor-öqituvçilari va talabalari özimizni nafaqat Özbek, balki Qoraqalpoq farzandi sifatida “Möynoq rassomlar nigohida: keça va bugun” loyihasini ötkazişga qöl urdik.
Uşbu loyiha doirasida Möynoqqa talabalarni yuboriş, yoş ijodkorlar tomonidan qizğin kutib olindi. Ijodiy safar qisqa muddatga amalga oşirilgan bölsa-da, talabalar juda katta taassurot bilan qaytişdi.
Mavzuga oid
Uşbu loyihada Möynoqda amalga oşirilayotgan işlar, tumanning ekoturistik salohiyati va imkoniyatlarini amalga oşiriş, Möynoq va Orol dengizi tarixi, hududning tabiati, aholining an’analari, urf-odatlari aks etgan asarlarni yaratişga alohida e’tibor qaratildi.
Xabaringiz bor, bugungi körgazma doirasida Prezidentimizning 2022 yil 27 maydagi PQ-261 sonli qaroriga muvofiq 1 iyul kundan boşlab yurtimiz böylab “Milliy merosga mening hissam!” aksiyasi e’lon qilindi. Mamnuniyat bilan şuni ta’kidlamoqçimanki, Möynoqda yaratilgan ijodiy işlardan 34 ta hamda institut professor-öqituvçilari va talabalarining 20 ta, jami 54 ta ijodiy asarlarni muzeylar fondiga beğaraz topşirişga qaror qildik.
Talabalarning ijodiy işlarida Orol fojiasi qançalik ta’sirli ifodalangan bölsa, yangi Möynoqda amalga oşirilayotgan islohotlar, mahalliy aholining kelajakka yuksak işonç bilan qarayotganligi, qurilgan binolar va yaratilgan infratuzilma yorqin ranglarda aks ettirilgan.
Uşbu katalogda talabalarning ijodiy işlari bilan birga Möynoqdagi ijodiy faoliyatlari aks ettirilgan fotolarning ham örin olişi jarayonning töliq oçib berilişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuni alohida e’tirof etiş örinliki, “Möynoq rassomlar nigohida: keça va bugun” loyihasi bunday amaliy işlarning deboçasi. Institut jamoasi yurtimizning diqqatga sazovor har bir göşasi, har bir hududining öziga xos tabiati va mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik işlarini xalqimizga badiiy jihatdan yetuk tasviriy san’at asarlari orqali yetkazişni maqsad qilgan.
Çunki mazkur loyiha nafaqat Möynoq hayoti va islohotlar aks ettiriş, balki talabalarning özida ham amaliy könikmalarning şakllanişida muhim örin egallaydi”.
Talabalar tomonidan yaratilgan “Rivojlanayotgan Möynoq”, “Baliqçining uyi”, “Möynoqda şom”, “Keksa daraxt”, “Sahroga aylangan Orol”, “Yomğirdan keyin” va boşqa asarlar tomoşabinlar va san’at ixlosmandlarining e’tirofiga sazovor böldi.
Ma’lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ-261 sonli qaroriga muvofiq 1 iyul kundan boşlab yurtimiz böylab “Milliy merosga mening hissam!” aksiyasi boşlangan. Mazkur aksiyaga birinçilardan bölib Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida start berildi. Unda professor-öqituvçilar, ijodkorlar va talabalar özlari yaratgan asarlarini muzeylarga topşiriş orqali, madaniy merosimizning yanada boyişi, milliy san’atimiz va madaniyatimiz durdonalarining saqlanişi va kelajak avlodga yetib borişiga öz hissalarini qöşişmoqda.
Tadbir doirasida institut professor-öqituvçilari va talabalar tomonidan mazkur loyiha uçun 54 ta ijodiy işlar Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Olimpiya şon-şuhrati muzeyi, Özbekiston amaliy san’at va hunarmandçilik tarixi davlat muzeyi, Özbekiston davlat tabiat muzeyi va Özbekiston davlat san’at muzeylariga beğaraz sovğa qilindi.
Mazkur asarlar içida Sodiq Rahmonovning “Söqoq”, Ziyodulla Farmonovning “Jyeynovlik gilamdözlar” va boşqa bir qança ijodiy asarlar madaniy merosimizning yanada kengayişiga hissa qöşişi tabiiy.
Öz navbatida, mazkur asarlarni qabul qiladigan Özbekiston davlat san’at muzeyi direktori Vasila Fayziyeva:
“Bugungi tadbir haqiqatan ham madaniy merosimizni asrab-avaylaş, yurtimiz muzeylarini mazmunli asarlar bilan boyitiş sari taşlangan katta qadam deya olaman. Zero, aynan mana şunday xayrli tadbirlar kelajak avlodlarimizga yurtimizning har bir göşasining öz tarixi, urf-odatlari, an’analari borligini anglatişga katta kömak bera oladi”, dedi.
Şuningdek, Özbekiston davlat tabiat muzeyi direktori Azimjon Rasulov:
“Institut jamoasi tomonidan muzeyimizga şunday asarlarni sovğa qilinayotganidan behad xursandmiz. Bu kabi loyihalar albatta, xalqimiz madaniyatining yanada yuksalişida muhim ahamiyat kasb etadi”, deya ta’kidlab ötdi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgohli rangtasvir yönalişi 3-bosqiç talabasi Ğolib Xolmurodov safar taassurotlarini şunday ifodaladi:
Biz bir hafta davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanida ijodiy safarda bölib qaytdik. Tabiat gözalligidan, ajoyibotlaridan bahra oldik, ularning ta’sirida ilhomlanib, rasmlar çizdik.
Hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan respublikamizning barça joylarida bunyodkorlik, quriliş işlari qizğin olib borilmoqda. Sayohat davomida biz Qoraqalpoğistonda ham xuddi şunday quriliş işlari davom etayotganini, xususan Möynoq tumani ham yildan yilga çiroy oçib borayotganiga öz közimiz bilan guvoh bölib keldik. Hafta davomida turli davlatlardan tinimsiz kelayotgan sayyohlarni va ularning közlaridagi hayratlarini körib yurtimizning gözal maskanlari bilan faxrlandik. Şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, bu ijodiy safar institutimizning homiyligi ostida taşkil etildi va talabalar uçun zarur bölgan barça sarf-xarajatlar töliq tölab berildi. Mana bugun esa uşbu çizgan rasmlarimizning körgazmasi taşkil etilib, ular katalog holida çop etildi. Şu örinda institut rahbariyati tomonidan talabalarga qilinayotgan bunday e’tibor va rağbatlardan könglimiz toğdek kötarilayotganini faxr bilan aytgim keldi.
“Möynoq rassomlar nigohida: keça va bugun” körgazmasi 10 iyulga qadar davom etadi.
Kamoliddin Behzod nomidagi
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Matbuot xizmati