«San'atşunoslik» yönalişi böyiça «Tasviriy va amaliy san'at tarixi» fanining ijodiy imtihon natijalarini baholaşda eng yuqori ball 189 ballni taşkil etadi, deb yozmoqda Norma.
Şu jumladan:
- jahon va milliy san'at rivojidagi asosiy bosqiçlarni bilganligi uçun – 63 ball;
- Yevropa tasviriy san'atining yirik namoyondalari ijodini bilganligi uçun – 63 ball;
- tasviriy va amaliy san'at ustalari ijodi, özbek me'moriy yodgorliklari haqidagi bilimi uçun – 63 ball.
Rangtasvir turlari böyiça ijodiy imtihon «Kompozitsiya» fani böyiça amaliy iş natijalari asosida, 19 turdagi maxsus kasbiy mezonlardan kelib çiqqan holda baholanadi – eng yuqori ball 189 ballni taşkil etadi.
«Dizayn» yönalişi böyiça ballar uşbu fan böyiça amaliy işlar bahosidan kelib çiqib qöyiladi (189 ball). Bunda kunduzgi va sirtqi ta'lim şaklidagi oltita turli fan, xususan, kompyuter grafikasi va badiiy foto, libos va gazlamalar dizayni, grafika, amaliy san'at, haykaltaroşlik yönalişlari ijodiy imtihonlari natijalar tegişli maxsus kasbiy mezonlar böyiça baholanadi.
Şuningdek hujjatda grafika, amaliy san'at va haykaltaroşlik yönalişlari böyiça ijodiy imtihonlar natijalarini baholaş mezonlari va ballari keltirilgan.
Har bir mezon böyiça qöyilgan talab töliq bajarilganda uning uçun belgilangan eng yuqori ball, qisman bajarilganda – eng yuqori ballning teng yarmi, umuman bajarilmaganda – 0 ball beriladi.
Hujjat 30.06.2020 yildan kuçga kirdi.












