6 iyul kuni Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Mineralniye Vodi – Urganç – Mineralniye Vodi yönalişi böyiça ilk parvozni amalga oşirdi. SSJ-100 samolyoti bortida 92 yölovçi bilan Urganç xalqaro aeroportiga qöndi. 

An’anaga köra, ilk yölovçi parvozini amalga oşirgan havo kemasi suv arkasi bilan tantanali ravişda kutib olindi.

Mineralniye Vodi – Urganç – Mineralniye Vodi yönalişi böyiça parvozlar muntazam ravişda SSJ-100 samolyotlarida haftada bir marta, çorşanba kunlari amalga oşiriladi. 

Şuningdek, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralniye Vodi şahridan Toşkentga ham parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda.