Uning iste’fosi va yangi boş vazir kelişi Ğarbning Rossiya bilan munosabatlardagi pozitsiyasini zaiflaştirişi mumkinmi? BBC ekspertlar fikrini jamladi.
«Barçasi uçun rahmat, birodar»
Boris Jonson öz siyosiy faoliyati davomida Rossiya haqida turliça qaraşlarga ega bölgan. Masalan, 2015 yilda, hali London meri ekanida, u Ğarbni Qrim annexiasi va Ukraina şarqidagi uruşga qaramasdan Suriyada terrorçilarga qarşi kuraşişda Putin bilan hamkorlik qilişga çaqirgandi.
Ammo boş vazirga aylangaç, Jonson Moskva bilan munosabatlarda qat’iyroq pozitsiyani egalladi va Ukrainani qizğin qöllab-quvvatlay boşladi. Uning hukumati 2022 yil boşida, hali Ukrainaga bosqin boşlanmagan vaqtda Ukraina qurolli kuçlariga tankka qarşi NLAW raketa tizimlarini yetkazib berişga kirişdi, ukrain armiyasi bu qurollardan amerikaliklarning «Javelin»lari kabi samarali foydalanib, Rossiya hujumini töxtatişga erişdi.
Hozirga kelib britanlar harbiy yordami reaktiv artilleriya tizimlari, özi harakatlanuvçi tankka qarşi raketalar, zirhli transportyorlar va zirhli maşinalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar, radioelektron kuraş vositalari, şuningdek minglab kaskalar, zirhli nimçalar, tibbiy töplamlarni öz içiga oladi. Britaniya ukrain askarlarini öqitişda ham faol.
Uruş boşidan buyon Britaniyaning Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordami hajmi 3,8 mlrd funtga yetgan.
Jonson uruş boşlangaç ikki bor Kiyevga taşrif buyurdi (uruş arafasida ham borgandi) va xalqaro sammitlarda Ukrainani qöllab-quvvatlaş muhimligini aytdi, şuningdek, Yevropaning ayrim poytaxtlarida yangragan Putinga yon berib bölsa-da, tezroq tinçlikka erişiş haqidagi çaqiriqlarni rad etdi.
Uning rolini oddiy ukrainlar ham, siyosatçilar ham yuqori baholaşadi. Payşanba kuni lavozimidan ketayotgan boş vazirga Ukraina prezidenti ofisi minnatdorçilik bildirdi, ötgan haftada u Odessaning faxriy fuqarosiga aylangandi.
«Barçasi uçun rahmat, birodar!», - deya Jonsonning iste’fosiga munosabat bildirdi «Azov» polkining Dneprdagi bölimi komandiri Rodion Kudryaşov.
Jonsonning ketişi Ukraina va uning ittifoqçilarida xavotir uyğotayotgani ajablanarli emas. Hatto ayrimlar uning iste’fosini «Kreml uçun sovğa» deb ham atadi. Amerikadagi Xalqaro munosabatlar kengaşi tahlil markazidan bölgan ekspert Jozef Çirinçonening taxmin qilişiça, Britaniyadagi siyosiy inqiroz Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan sa’y-harakatlarini susaytirişi va Kiyev ittifoqçilari qat’iyatini xavf ostida qoldirişi mumkin.














