AQŞ Ukrainaga 400 mln dollar miqdoridagi yangi yordam paketini ajratadi. Bu haqda Pentagon vakili ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, yangi yordam paketiga törtta HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari hamda ming dona 155 millimetrli artilleriya öqlari kiradi.

«Bugungi paket doirasida uzoq masofadagi nişonni aniqlik bilan uradigan qurollarga e’tibor qaratiladi. Gap HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari haqida bormoqda»,— dedi u.

Uning qöşimça qilişiça, hozirga qadar Ukrainaga 8 dona ana şunday tizim yetkazib berilgan. Bu tizimlar qöllaniladigan snaryadga qarab 300 kilometrgaça masofadagi nişonni yöq qilişi mumkin.

15 iyun kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 1 mlrd dollarlik harbiy va 225 mln dollarlik gumanitar yordam ajratilişini ma’qullagandi.