TikTok’da Şimoliy Koreyada odamlarning kundalik hayot tarzini namoyiş qilib boruvçi blog paydo bölgan. Blogdagi qisqa videolarda tungi şahar manzaralari, mamlakatdagi diqqatga sazovor joylar, zamonaviy arxitektura yodgorliklari, öquvçilarning hayot tarzi, bir xil portfelni kötarib olgança işga borayotgan işçi-xizmatçilarni, köçadagi oddiy odamlarni köriş mumkin. Bir videoga ayol politsiyaçi şu yerdan ötib ketayotgan erkakni töxtatib, hujjatlarini tekşirayotgani ham tuşib qolgan.

Videolarda aks etgan odamlarning aksariyati kökraklariga KXDR davlat bayroği va mamlakat rahnamosining surati aks etgan nişonlarni taqib olgani, köçalarda transport kamligi, biroq zamonaviy maşinalar ham harakatlanayotgani közga taşlanadi. Ayrim videoda erkak va ayollar velosipedda harakatlanib ketayotganini kuzatiş mumkin.

Blogda maktab va öquvçilar hayotiga oid videolar boşqalariga nisbatan ança köp. Şundan uning maktab öquvçisi yoki öqituvçi ekanini taxmin qiliş mumkin. TikTok foydalanuvçilari blog muallifidan “Videoga olib internetga tarqatganlik uçun jazolaşlaridan qörqmaysizmi?” deb söraşgan. Ayrimlar bu blog mamlakatni piar qiliş maqsadida hukumat ruxsati bilan yuritilayotgani, faqat ruxsat etilgan tasvirlargina namoyiş qilinayotgani, bu orqali mamlakatdagi ahvol dunyo jamoatçiligi öylagançalik yomon emas, degan tasavvur uyğotilayotganini taxmin qilgan.