Ukraina prezidenti farmoni bilan mamlakatning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi Andrey Melnik işdan böşatildi.

Ukrainaning Vengriya, Hindiston, Norvegiya va Çexiyadagi elçilari Lyubov Nepop, Igor Polixa, Vyaçeslav Yatsyuk va Yevgeniy Perebiynos ham işdan ketgan. Avvalroq Zelenskiy Niderlandiyadagi elçini ham böşatgandi.

Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Andrey Melnikning işdan ketişi uning kötarilişi bilan boğlanmoqda. Avvalroq nemis naşrlari faol diplomatik missiya rahbari bölgan Melnik Ukraina Taşqi işlar vazirligiga işga ötişi kutilayotgani haqida yozgandi.

Melnik nemis naşrlariga bergan intervyusida banderaçilar yahudiylarni öldirgani haqida dalillar yöq, deb gapirgani sabab Germaniya va Isroilda keskin tanqidlarga sabab bölgandi. Ukraina 25 yillik diplomatik tajribaga ega Melnikni uşbu muammodan olib çiqiş uçun ham TIVga işga ötkazayotgan yozilmoqda.