Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada NATO sharqiy qanotidagi keskinlik fonida bundesver tekshiruvi o‘tkazilmoqda
Germaniya mudofaa vaziri mamlakat qurolli kuchlari shtablari, qismlari va bo‘linmalarining jangovar shayligini tekshirishni boshladi. Tekshiruv 24 avgust kuni yakunlanadi.
Germaniya mudofaa vaziri Kristine Lambrext NATO sharqiy qanotidagi keskin vaziyat fonida shtablar, qismlar va bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini aniqlash maqsadida bundesverda tekshiruv o‘tkazmoqda.
11 iyul, dushanba kuni Dpa agentligi xabar berganidek, Lambrext Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan, Munsterdagi (Quyi Saksoniya federal hududi) bundesver o‘quv markaziga tashrif buyuradi. Dpa tomonidan aniqlik kiritilishicha, u yerda aloqalarni shifrlash va ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan uzatish bo‘yicha ilg‘or tizimlar ustida ish olib boriladi.
Mahalliy vaqt bilan soat taxminan 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 16:00) Mudofaa vazirligi rahbari Kolbits-Letslinger (Saksoniya-Anxalt hududi) poligonidagi jangovar tayyorgarlik markaziga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. U yerda Kristin Lambrext bundesverning Malidagi tinchlikparvar missiyasida ishtirok etishga tayyorlanayotgan harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashadi.
Shu haftaning oxiriga qadar Lyuneburg va Oldenburg (Quyi Saksoniya) hududlaridagi obektlarni tekshirish ham rejalashtirilgan. Tekshiruv 24 avgust kuni Meklenburg - old Pomeraniya hududida yakunlanadi.
NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg avvalroq NATO NRF tezkor javob qaytarish kuchlari sonini 40 mingdan 300 ming askarga oshirishini aytgandi.
28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti chog‘ida sovuq urush davridan beri kuchlarning eng yirik harbiy joylashuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Xususan, Germaniya Litvada 3000-5000 askardan iborat jangovar brigadaga boshchilik qiladi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026