Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etilmoqda
“Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Neft va gaz sohasidagi ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Neft va gaz sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘zaro integratsiyasini ta’minlash ta’lim klasteri asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ta’lim klasteri doirasida maktab o‘quvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yo‘naltirish maqsadida: aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv rejasi joriy qilinadi; ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yo‘nalishida: fan va mavzular amaliyotga yo‘naltiriladi; talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari shakllantiriladi; xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.
2022/2023 o‘quv yilidan ta’lim klasteri tarkibiga kiruvchi professional va oliy ta’lim tashkilotlarida neft va gaz sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalari stipendiyalari joriy etiladi.
Ishlab chiqarish korxonalari kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini “O‘zbekneftgaz” AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik o‘zi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida maqsadli o‘qitish tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
19:46 / 30.09.2024
Senat kooperativlar bo‘yicha qonunni ma’qulladi
12:38 / 27.09.2024
Qashqadaryoda paxta xaridi bo‘yicha raqobat cheklanmoqda
18:17 / 20.09.2024