BMT Xavfsizlik kengashi Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha rezolyutsiya to‘g‘risida kelishib oldi
Rossiya va Xavfsizlik kengashining boshqa a’zolari Suriyaga gumanitar yordam yetkazib berish bo‘yicha nazorat-o‘tkazish punkti ishini olti oyga uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiya to‘g‘risida kelishib oldi.
BMT Xavfsizlik kengashining barcha 15 a’zosi Turkiya bilan chegara orqali Suriyaga transchegaraviy gumanitar yordam (TGYo) mexanizmini yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldi, deb xabar qildi AFP 11 iyul, dushanba kuni.
Davlatlar Turkiyadan Suriyaning Idlibiga olib boruvchi «Bob al-Hava» nazorat punkti faoliyatini uzaytirishga kelishib oldi. 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining so‘nggi yig‘ilishida Rossiya nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini bir yilga uzaytirish bo‘yicha taklif qilingan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi va uni olti oy bilan cheklashni taklif qildi. Rossiya tomonidan rad etilgan taklif olti oydan so‘ng - 2023 yil 10 yanvardan keyin nazorat-o‘tkazish punkti avtomatik ravishda yana olti oyga uzaytirilishini nazarda tutgan. Rossiya ikkinchi qismga rozi bo‘lmadi va olti oy ichida tegishli rezolyutsiyani qabul qilishni talab qildi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozir Xavfsizlik kengashi «aslida Rossiya loyihasini qabul qildi». «Bizning loyihamiz aslida kichik o‘zgartirishlar bilan olindi. Qarorning olti oy va plyus olti oy davomida qabul qilinishi bilan», - deya Polyanskiyning so‘zlarini keltiradi «Kommersant».
Avvalgi rezolyutsiya, Moskvaga ko‘ra, Damashq manfaatlariga javob bermagan. Transchegaraviy insonparvarlik yordami mexanizmi BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan 2014 yilda, Suriyaning katta qismi rasmiy Damashq nazorati ostida bo‘lmaganida kelishilgan edi.
2020 yilgacha Turkiya, Iroq va Iordaniya bilan chegaralarda to‘rtta chegara posti ishlagan. Suriya armiyasi mamlakat hududi ustidan nazorat o‘rnatar ekan, Rossiya veto huquqidan foydalanib, uchta nazorat-o‘tkazish punktini yopishga erishdi.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024