Tiniq va zilol suv oquvçi Ğovasoy, musaffo havosi bilan Ğova qişloği uzoq yillardan buyon vodiy ahlining dam oliş, hordiq çiqariş maskaniga aylanib ulgurgan.
Qişloq kartoşka yetiştirişga ixtisoslaşgan, bu yerda kartoşka ekmaydigan xonadonni topiş amrimahol. Dehqonçilikning qiziq tomoni şundaki, ekinni yerga qadaş, unga işlov beriş va hosilni yiğiş işlarida ot va eşaklar yordamidan foydalaniladi.
Qişloqda kartoşka şunçalik köp ekiladiki, mavsumda qişloq hududida kartoşkani ulgurji sotuvçi alohida bozor taşkil qilinadi. Dehqonlarning aytişiça, ba’zida bu bozordan kuniga 500 tonnagaça kartoşka boşqa hududlarga sotilar ekan.
Ming marta eşitgandan bir marta körgan afzal deyişganidek, Ğova qişloğini ham öz közingiz bilan körişni tavsiya etamiz.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.












