Şunday özaro istiqbolli dasturlar doirasida yurtimizga Xorvatiya delegatsiyasi taşrif buyurdi.

“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev Xorvatiya Respublikasining Özbekistondagi elçisi Refik Şabanoviç, ötmişda taniqli futbolçilar bölgan, hozirda esa futbol mutasaddilari hamda mamlakat savdo-sanoat palatasi vakillari sanalmiş Ivitsa Piriç va Vladimir Ribiç, xalqaro yurist Marko Bekavats-Basiç, mutaxassis Ante Gabrilolardan iborat mehmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uçraşuv kun tartibidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantiriş, jumladan, “Bunyodkor” futbol klubi, uning tasarrufidagi akademiya faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş mavzusidagi hamda özaro hamkorlik aloqalarni örnatiş va malakali trenerlarni jalb qiliş, xorvatiyalik sarmoyadorlarning respublikamiz yoqilği-energetika sohasiga sarmoyalarini jalb qiliş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş borasidagi muzokaralar ham örin oldi.

“Janob Mehriddin Abdullayev, avvalambor, bizni oliy darajada kutib olganingiz uçun Sizga özimizning çeksiz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Yaqinda “Bunyodkor”ning uçta yoş jamoasi Split şahrida taşkillaştirilgan xalqaro Dalmatinko kubogida munosib va muvaffaqiyatli qatnaşib qaytişdi. Uç yarim mingdan ortiq iştirokçilar töp surgan bellaşuvlarda yoş futbolçilaringiz juda ham mazmunli öyinlar körsatişib, köplab mahalliy mutaxassislarda ijobiy taassurotlar qoldirişdi. Bu yurtingizda iqtidorli sportçilar yetarliça ekanligini, Özbekiston hukumati bolalar-ösmirlar futboliga alohida katta e’tibor qaratayotganini yaqqol namoyon etdi”, - dedi elçi Refik Şabanoviç.

Şundan söng, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi, “Bunyodkor” FK prezidenti söz olib, ertangi kunimiz vakillariga yaqindan ğamxörlik körsatiş siyosati “Bunyodkor” futbol klubida ham eng yuqori darajada bölişi uçun har doim izlanişda ekanligini, Özbekistonda iste’dodli futbolçilar juda köpligi va ularning kelajagi porloq bölişi uçun, ularning mahoratlari kelgusida xalqaro talablarga albatta mos bölişi uçun, vaqti kelib, ular ulğayib, Yevropa klublarida töp surişlari hamda Özbekiston milliy terma jamoasi şarafini munosib himoya qilişlari uçun Xorvatiya futboli bilan hamkorlik qilişni maqsadga muvofiq deb bilganliklarini aytdi.

Şu bilan birga, xorvatiyalik mehmonlarga “Özbekneftgaz” AJ umumiy faoliyati töğrisida batafsil ma’lumot berildi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida keçgan qizğin muzokaralar natijasiga köra, taraflar bir qança yönalişlarda kelişuvga erişişdi.