Flydubai Dubay – Samarqand yönalişi böyiça muntazam reyslar yölga qöyilgani haqida e’lon qildi, deb xabar berilgan kompaniya saytida.
BAAning loukoster aviakompaniyasi uşbu yönaliş böyiça 20 sentabrdan boşlab haftada ikki marta – seşanba va juma kunlari parvoz qiladi. Dubay aeroportida unga 3-terminal xizmat körsatadi.
Parvoz jadvali (mahalliy vaqt):
- Dubaydan jönab ketiş — 22:40, Samarqandga keliş — 2:50;
- Samarqanddan uçiş — 4:05, Dubayga yetib keliş — 6:30.
Ekonom klass çiptalari 1800 BAA dirhami – 486 dollar yoki e’lon qilingan kundagi Markaziy bank kursi böyiça 5,32 million sömdan sotiladi.
Joylarga buyurtmani flydubai.com saytida, flydubai mobil ilovasi orqali, savdo ofisida yoki aviakompaniyaning sayohat hamkorlari orqali onlayn tarzda amalga oşiriş mumkin.












