“Maktabgaça ta’lim sohasida davlat-xususiy şeriklikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2022 yil 1 sentabrdan oilaviy nodavlat boğçalarda:

qatnayotgan ijtimoiy kömakka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvçilar soni 70 foizidan kam bölganda, yetmagan qismiga boşqa oilalar bolalarini qabul qilişga ruxsat etiladi;

  • tarbiyaçi va tarbiyaçi-yordamçi lavozimlari uçun 4,5 tagaça ştat birligini ajratişga ruxsat etiladi;
  • tarbiyaçi va tarbiyaçi-yordamçilarga budjetdan iş haqini qoplaş uçun subsidiya töğridan töğri uşbu xodimlar plastik kartasiga ötkazib beriladi.

Davlat-xususiy şeriklik asosida faoliyat yuritayotgan boğçalarda, oilaviy boğçalarda:

  • budjetdan tölanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblaşda 3 yoş va undan katta yoşdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta bölmagan yoşdagi tarbiyalanuvçilar hisobga olinadi;
  • ota-onalar tölovi miqdorini mustaqil ravişda belgilab 3 yoşga tölmagan bolalarni ham qabul qilişga ruxsat etiladi;
  • tabiiy gaz uçun kompensatsiya markazlaşgan tabiiy gaz ta’minoti bölmagan, lekin isitişning boşqa turlaridan foydalanayotgan DXŞ asosidagi va nodavlat boğçalarga ham tölanadi.