«Köksaroy» qarorgohida ötgan oliy darajadagi Özbekiston-Turkmaniston muzokaralari yakunida hujjatlar imzolaş marosimi bölib ötdi.

Şavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Qöşma bayonot imzoladi. Unda erişilgan asosiy kelişuvlar mustahkamlab qöyilgan hamda ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali özaro manfaatli hamkorlik va strategik şeriklikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş böyiça uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo çekildi, şular jumlasidan:

  • Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş töğrisida bitim;
  • Turizm sohasidagi hamkorlik töğrisida bitim;
  • Amudaryo suv resurslarini boşqariş, muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalaniş töğrisida bitim;
  • Taşabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qöşma tanlovini ötkaziş töğrisida bitim;
  • 2022-2025 yillarga möljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş dasturi;
  • 2022-2024 yillarga möljallangan ilmiy-texnik hamkorlik töğrisida dastur;
  • 2023-2024 yillarga möljallangan taşqi işlar vazirliklari örtasidagi hamkorlik dasturi;
  • Özbekiston-Turkmaniston çegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini taşkil etiş va faoliyatini tartibga soliş töğrisidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar rejasi.

Şuningdek, kimyo tarmoği, bojxona, temiryöllar, muzeylar, adliya, yoşlarga doir siyosat, teleradioeşittiriş va boşqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.

 

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov bölib ötgan muzokaralar töğrisidagi fikrlari bilan bölişdi.