“Huquqiy axborot” kanalida yozilişiça, ota-onalar, ular örnini bosuvçi şaxslar (farzandlikka oluvçilar, vasiylar va homiylar), bolalar yaqin qarindoşlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uçinçi şaxslar (ariza beruvçilar) yöllanmalar oliş uçun davlat xizmatlari markazlariga özlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da röyxatdan ötadi.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalaniş uçun FHDYo organiga tuğilişni qayd etiş bilan bir vaqtda murojaat qilişlari ham mumkin.
Sörovnoma töldirilib, avtomatik ravişda Maktabgaça ta’limni boşqariş axborot tizimiga yuboriladi.
Tegişli taşkilot va guruhda böş örin bölganda – yöllanma şakllantiriladi, böş örin bölmaganda – sörovnoma tegişliça umumiy yoki imtiyozli röyxatga kiritiladi hamda xabarnoma şakllantiriladi.
Imtiyozli röyxatga kiritiladigan bolalar kontingenti:
- I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar bolalari;
- köp bolali oilalar bolalari;
- yetim bolalar yoki ota-onasi qarovisiz qolgan bolalar;
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollar bolalari;
- kontrakt böyiça harbiy xizmatçilar va içki işlar organlari xodimlari bolalari;
- talabalar va pedagoglar bolalari;
- akalari yoki opalari uşbu muassasa tarbiyalanuvçilari jumlasidan bölgan bolalar;
- köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça taşkilotlardan umumiy turdagi maktabgaça taşkilotlarga ötkazilayotgan soğaygan bolalar.
Ariza beruvçi bolalarni taşkilotga qabul qilişni yöllanma şakllangandan söng 15 iş kuni mobaynida rasmiylaştirmagan taqdirda, yöllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.












