2020 yilda pandemiya sababli barça işçi kuçi yetkazib beruvçi davlatlar qatorida, yurtdoşlarimizning uşbu davlatga oqimi sezilarli darajada qisqargan edi. Koreya Respublikasi maxsus komissiyasining qaroriga asosan çet ellik işçilarni Koreya davlatiga kirişiga ruxsat berilgaç, 2021 yil noyabr-dekabr oylarida pandemiya çeklovlari şaroitida 915 nafar fuqaro taşkiliy tarzda jönatildi. 2022 yilning ötgan davrida Koreya Respublikasidan mehnat ta’tili olib Özbekistonga kelgan fuqarolarning 1896 nafari iş joyiga qaytib ketgan hamda Ye-9 viza turi böyiça 2 ming 200 nafardan ortiq fuqaro taşkiliy tarzda jönatildi.
Hozirgi vaqtda ikki davlatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib, uşbu jarayonlar töliq tiklandi. Natijada 18 iyul kuni Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali taşkiliy tarzda yangi Ye-9 vizasi va qayta şartnoma asosida 237 nafar mehnat migranti Koreya Respublikasiga kirib bordi.

Yurtdoşlarimiz Inçon xalqaro aeroportida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantiriş xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.
Vakolatxona xodimlari tomonidan Ye-9 vizasi bilan yangi kirib kelayotgan mehnat migrantlari iş joylarini özgartirmasdan qonuniy işlaşi, mazkur davlatning qonunçiligiga muvofiq faoliyat yuritişi kelgusida özbekistonlik işçilar uçun talab ortişiga sabab bölişi tuşuntirildi.












