Prezidentning “Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi iştirokida “Qişloq tadbirkorligini rivojlantiriş - 2-faza” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2022 yil 22 martda Jahon banki direktorlar kengaşi tomonidan loyihani moliyalaştiriş uçun Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan holda 25 yil muddatga 180 mln AQŞ dollari hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi 5 yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan holda 30 yil muddatga 20 mln AQŞ dollari miqdoridagi qarz mablağlari ajratilişi ma’qullangan.
Loyiha umumiy qiymati 246,8 mln AQŞ dollari ekvivalentini, şundan Özbekistonning uluşi – 3 mln AQŞ dollari soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar beriş hamda loyiha iştirokçilari (benefitsiarlarning) uluşi – 43,8 mln AQŞ dollari ekvivalentini taşkil etadi.
Loyiha 5 yil (2022-2026 yillar) davomida Qoraqalpoğistonda, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toşkent va Xorazm viloyatlarida amalga oşiriladi.
Loyihani amalga oşirişda xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar) bojxona bojidan ozod etiladi, qöşilgan qiymat soliği davlat budjeti mablağlari hisobidan tölab beriladi (kredit liniyasi orqali moliyalaştiriş va kiçik grantlar doirasida sotib olinadigan tovarlar (xizmatlar) bilan boğliq bölgan soliqlar bundan mustasno).
Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi loyiha öz vaqtida va töliq amalga oşirilişi, uning muvofiqlaştirilişi, monitoring qilinişi va hisoboti yuritilişi uçun mas’ul organ hisoblanadi.
Loyiha qişloq hududlarida işlab çiqariş va xizmat körsatişni rivojlantiriş, yangi korxonalarni taşkil etiş yoki mavjud korxonalar salohiyatini kengaytiriş, kiçik biznes sub’yektlari uçun moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş, qişloqdagi yoşlar va ayollarni biznesga keng jalb qiliş maqsadida amalga oşiriladi.











