Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 21 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun Qirğizistonning Çölponota şahriga taşrif buyuradi.

Qirğiziston raisligida ötadigan sammit işida Qozoğiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ham iştirok etişi kutilmoqda.

Mintaqa mamlakatlari yetakçilarining uçraşuvi kun tartibidan turli yönalişlarda, şu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almaşinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari örin olgan.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izçil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarşi turiş borasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratiladi.

Sammit yakunida bir qator muhim köp tomonlama hujjatlar qabul qilinişi közda tutilgan.

Ta’kidlaş lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Mintaqa yetakçilarining birinçi sammiti 2018 yil mart oyida Nur-Sulton şahrida, ikkinçisi 2019 yil noyabrda Toşkent şahrida, uçinçisi 2021 yilning avgust oyida Turkmanistondagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bölib ötgandi.