“Mehr va Oqibat” jonivorlarni himoya qiliş nodavlat notijorat taşkiloti direktori nomiga nukuslik fuqarolardan hayvonlarning ommaviy tarzda, şafqatsizlarça öldirilişi böyiça jamoaviy ariza tuşgan.
Hayvonlar huquqlari faollarining xabar berişiça, 22–23 iyun kunlari Nukusdagi hayvonlarni tutiş xizmati hududidan 150 ga yaqin it ğoyib bölgan. Hayvonlarni boqiş va suğoriş uçun kelgan köngillilarining sözlariga köra, xizmat xodimlari itlarning ğoyib bölişini ularning şahar taşqarisiga qöyib yuborilgani bilan izohlagan.
Ammo 7 iyul kuni Nukus yaqinida joylaşgan poligondagi çuqurdan 100 dan ortiq ölik itlar (muşuklar ham bor) topilgan. Hayvonlarning oğzi va panjalari sim bilan boğlangan, tanalarida köplab yaralar ham bölgan.
“Mehr va Oqibat” taşkiloti uşbu holatni örganiş, aybdorlarni topib, qonunga muvofiq jazolaşni sörab Özbekiston Respublikasi Içki işlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirliklari hamda prokuraturaga murojaat qilgan.












