Ta’lim taşkilotini tamomlagan, ma’lumotini tasdiqlovçi hujjati (diplom, sertifikat) yöqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi özgarganda jismoniy şaxslar hujjatning dublikatini beriş uçun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuçga ega. Ariza beruvçi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvçi nomidan sörovnomani elektron töldiradi.
Ariza beruvçi sörovnomani YaIDXP orqali töldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Davlat xizmati uçun BHM 1 baravari (300 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi.
Yiğimni tölamaslik xizmat körsatişni rad etiş uçun asos hisoblanadi. Sörovnomada notöğri ma’lumotlar körsatilsa, ularni bartaraf etiş uçun ariza beruvçiga 5 iş kunlik muddat beriladi.
Co‘rovnoma tuşgandan boşlab 10 iş kunida hujjat dublikati rasmiylaştiriladi va bu haqida ariza beruvçiga xabar beriladi. Ariza beruvçi ta’lim töğrisidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvçining xohişiga köra, ta’lim töğrisidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan poçta xizmati orqali yuborilişi mumkin. Bunda poçta uçun tölovlarni ariza beruvçi tölaydi.











