Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, quyidagi elektr stansiyalar işga tuşirildi:

Buxoro viloyati Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt bölgan gaz-porşenli issiqlik elektr stansiyasi;

Toşkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bölgan buğ-gaz qurilmasi;

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;

Toşkent viloyati Qibray tumanida quvvati 230 megavatt bölgan gaz-porşenli issiqlik elektr stansiyasi;

Toşkent viloyati Qibray tumanida quvvati 240 megavatt bölgan issiqlik elektr stansiyasi;

Samarqand viloyati Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi.

Ma’lum qilinişiça, uşbu 6 ta elektr stansiya yiliga 9 milliard 660 million kilovatt-soat elektr energiya işlab çiqaradi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilişiça, qurilmalar energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 353 million metr kub tabiiy gaz tejalişiga erişiladi.

Stansiyalar qurilişi davomida 3 260 ta iş örni yaratilgan bölsa, ular işga tuşişi natijasida 445 ta yangi iş örni yaratildi.

Vazirlik ma’lumotiga köra, yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyati Xovos tumanida quvvati 220 megavatt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyasi (7-elektr stansiya) işga tuşiriladi.