Şarqiy Xenan va Anxoy provinsiyalaridagi törtta mintaqaviy bankda omonatçilarning mablağlari aprel oyi örtalarida muzlatib qöyilgan edi. Dastlab, hisob raqamlari yopib qöyilişi «tizimni yangilaş» zarurati bilan izohlandi. Şundan söng, omonatçilar pullarini qaytarişni talab qilib köçalarga çiqdilar.

Köp ötmay, Xitoy bank regulyatori voqea böyiça tergov boşlanganini e’lon qildi. Iyul oyi boşida uning natijalari e’lon qilindi: uşbu banklarni nazorat qilgan Henan Xincaifu Group holdingi rahbarlari firibgarlik sxemalari yordamida omonatçilarning hisob raqamlaridagi pullarni çiqarib olişgan. Umumiy zarar, dastlabki hisob-kitoblarga köra, qariyb 40 milliard yuan (deyarli 6 milliard dollar).

Tekşiruv yakunlangaç, regulyator aholiga kompensatsiya tölovlari boşlanganini e’lon qildi. Ammo rasmiylar davom etayotgan norozilik namoyişlari tufayli bunday qarorga kelişganini qat’iyan rad etişdi.

Taxminan öşa vaqtda namoyişlarni kuç bilan tarqatib yuborişga urinişlar haqida birinçi ma’lumotlar paydo böldi. South China Morning Post 10 iyul kuni Xenan provinsiyasidagi norozilik namoyişlarining birida iştirokçilarga oq kiyimli, jismonan baquvvat odamlar guruhi hujum qilganini yozdi. Politsiya ularning harakatlariga heç qanday tarzda aralaşmagan.

Birinçi bosqiçda omonatlari 50 ming yuandan (7,4 ming AQŞ dollari) oşmagan şaxslarga kompensatsiya berildi. Qolganlar «sabr bilan kutiş»ga çaqirildi. 21 iyul kuni rasmiylar tez orada tölovlarning ikkinçi bosqiçi boşlanişini e’lon qildi. Unda hisob raqamida 100 ming yuangaça bölganlar pullarini olişi mumkin.

Köçalardagi tanklar surati 1989 yilda Pekinning Tyananmen maydonidagi norozilik namoyişlari qurol va oğir texnikalar yordamida zöravonlik bilan bostirilganini eslatadi. Ammo öşa paytda norozilik siyosiy tusda edi - namoyişçilar fuqarolik erkinliklarini kengaytirişni talab qilişgan edi.