22 iyuldagi prezident farmoyişiga asosan, Bekenov Sunnatilla Husanoviç Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining yordamçisi etib tayinlandi.
Ma’lumot uçun, Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozoğistonning Çimkent şahrida tuğilgan.
U 2005 yilgaça “Özbekiston Qimmatli qoğozlar depozitariysi” davlat korxonasi boş direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2007 yillarda moliya vaziri örinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boşliği, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009 yil iyuldan 2010 yil oktyabrgaça iqtisodiyot vaziri bölgan.
2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi apparati boşqaruvçisi, 2015 yildan 2016 yilning dekabrigaça prezidentning taşkiliy-kadrlar masalasi böyiça davlat maslahatçisining birinçi örinbosari sifatida işlagan. 2016 yilning dekabrida iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bekenov 2018 yilning fevralida Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari, 2019 yilning yanvarida investitsiyalar va taşqi savdo vaziri [öşa vaqtdagi vazir Sardor Umrzoqov]ning birinçi örinbosari lavozimini egallagan.
2019 yilning sentabridan 2020 yilning dekabriga qadar esa Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori edi.
Ma’lumot uçun, 16 iyulda Sardor Umrzoqov Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Şu kun holatiga Şavkat Mirziyoyevning administratsiyasi quyidagi mansabdor şaxslardan tarkib topgan edi:














