Suvosti elektr generatori qanday işlaydi

Yaponiyalik olimlar tomonidan işlab çiqilgan tizimda okean tubiga turbina örnatiladi. Dengiz tubida tezligi va yönalişi juda kam özgaradigan barqaror oqimlar bor. Turbina ulardan elektr energiyasi işlab çiqaradi.

«Kayryu» turbinasi Yaponiyaning oğir maşinasozlik sohasi vakili IHI korporatsiyasi tomonidan qurilgan. Uni sinaş va işlab çiqariş uçun 10 yil vaqt sarflangan. 2022 yilning fevral oyida IHI Yaponiyaning janubi-ğarbiy akvatoriyasida uç yarim yillik sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Ulkan «Kayryu» turbinasi samolyotni eslatadi. U ikkita 10 metrlik qarama-qarşi yönalişda aylanadigan parrakli turbina va suzişni boşqariş tizimini öz içiga olgan markaziy korpus blokidan iborat. Qarama-qarşi yönalişda aylanadigan parraklar generatorni suv ostida barqaror uşlab turiş imkonini beradi.

Sinovlar nimani körsatdi

Sinovlar Yaponiyaning janubi-şarqiy sohillaridagi iliq Kurosio oqimida ötkazildi. 330 tonnalik uskuna 30-50 metr çuqurlikka örnatildi. Generator okean oqimining tezligiga mos ravişda turbina parraklarini egiliş burçagini özgartiradigan mexanizmni öz içiga oladi. Bu esa tizimga energiyani iloji boriça samarali işlab çiqariş imkonini beradi.

Tizimga texnik xizmat körsatiş kerak bölganda, operatorlar uni suv ostidan kötariş imkoniga ega edi. Bu texnik xodimlarga qulaylik tuğdirdi.

Endi uzoq muddatli reja – dunyodagi eng kuçli okean oqimlaridan biri bölgan Kurosioda bir neça turbina örnatiş va suvosti kabellari orqali elektr quvvatini uzatiş.

Rivojlaniş istiqbollari qanday?

Turbinani işlab çiqargan kompaniyaning ma’lum qilişiça, sinovlar natijasida elektr energiyasini işlab çiqariş uçun suvosti oqimlaridan köproq foydalaniş imkoniyatlari borligi aniqlandi. 

Suvosti oqimlaridan elektr energiyasi işlab çiqaruvçi suzuvçi turbinalar kelajakda elektr energiyasini an’anaviy tarzda oliş qiyin bölgan olis orollar uçun arzon energiya manbayi bölib xizmat qilişi mumkin. Şuningdek, Yaponiyaning katta orollarini quvvat bilan ta’minlaşi kutilmoqda.

«Kayryu» birinçi suvosti turbinasi bölsa-da, Yaponiyada okeanning energiya saqlaş va işlab çiqariş imkoniyatlariga qiziqiş keskin oşdi. Hisob-kitoblarga köra, agar Kurosio oqimining barça imkoniyatlaridan foydalanilsa, u Yaponiyani elektr energiyasi bilan töliq ta’minlaşi mumkin. Kurosio kengligi 100 kilometrgaça bölgani sababli, keng kölamli elektr işlab çiqariş fermasini yaratiş uçun unga köplab generatorlar örnatilişi mumkin.