Komil Allamjonovning ma’lum qilişiça, u Toşkent şahrining Olmazor tumani, Qoraqamiş-2/4, Tansiqboyev köçasidagi 134-maktabda ta’lim olgan.

“Özim öqigan Qoraqamiş-2/4, Tansiqboyev köçasidagi 134-maktabni öz hisobimdan otaliğimga oldim”, deb yozadi u. 

Qayd etilişiça, bu yerni sport maydonlaridan tortib, öqiş sifati, kitoblar va öqituvçilar malakasini oşiriş, yangi texnologiyalarni joriy etiş böyiça aprobatsiya maktabiga aylantiriş rejalaştirilgan.

“Xabaringiz bölsa, men özimning "Allamjonov aybdor" kitobimda ham maktab darsliklari böyiça katta loyiha boşlaganimiz va maxsus laboratoriya taşkil etganimiz haqida yozgan edim”, deydi Komil Allamjonov. 

Bildirilişiça, yuqoridagi işlarni uşbu maktab bazasida sinovdan ötkazişga qaror qilingan.

“Qoraqamişda ham potensial juda katta. Kim-kim, men buni juda yaxşi bilaman”, deydi u.