Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar-iyun oylarida inspeksiyaga jami 290 ta murojaat kelib tuşdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 47 foizga köp.

Avtomobil yöllari foydalanuvçilaridan kelib tuşgan 79 ta murojaat asosida yöllarning sifat körsatkiçlari joyiga çiqib örganildi va natijasi böyiça quyidagilar amalga oşirildi:

34 ta murojaat asosida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça 52 ta körsatma berildi. Körsatma talablarini muddatida bartaraf etmagan 4 ta holat yuzasidan — mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar qöllaş böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sud organlariga yuborildi;

8 ta holatda sifatsiz bajarilgan qariyb 474 million sömlik quriliş-montaj işlari hisobotdan çiqarildi. Ya’ni, bu pullar pudratçi korxonalarga tölab berilmaydi;

44 ta murojaatga binoan, ularda tilga olingan obektlarni ta’mirlaş dasturlariga kiritiş yuzasidan hokimliklar, avtomobil yölini öz balansida saqlovçi taşkilot va tegişli sektor rahbarlariga takliflar kiritildi.