Qayd etilishicha, o‘tgan 6 oyda 14 mingta korxonada nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda 41 ming 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan, 5 935 mansabdor shaxsga nisbatan 12 mlrd so‘mdan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanildi. 

Qonunbuzilishlar eng ko‘p xalq ta’limi tizimida (11 916 ta) qayd etilgan. Shuningdek, tibbiyot va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq eng ko‘p muammolar kuzatilgan.

O‘tgan olti oyda 623 nafar xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilgani sababli ishga tiklangan, 1 584 nafar fuqarolarning 8 mlrd so‘mga yaqin ish haqi undirib berilgan.