2022 yil 28 iyul sanasida Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahar maktabgaça ta’lim bölimi tasarrufidagi 1-davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida mazkur maktabgaça ta’lim taşkilotişa qatnamaydigan, 2014 yilda tuğilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda boğçaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotida aytilişiça, tayyorlov guruhi tarbiyaçisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga köra qonunga zid ravişda S.X.ni ham olib qolgan.

Tuşlik paytida opa-singil S.X. va A.X. taşkilot hojatxonasiga çiqişgan. Opasi hojatxona içkarisiga kirgan paytda, singlisi taşqaridan hojatxona eşigini oçib-yopib öynagan. Oqibatda, hojatxona eşigining oynasi sinib, şişa bölaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. 

Voqeadan xabar topgan taşkilot hamşirasi tezda birinçi yordam körsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati çuqurligi sabab, köp qon yöqotiş natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Şahrisabz şahar prokuraturasi örganiş olib bormoqda.